Qo‘qon shahrida yangi mahalla stadioni foydalanishga topshirildi
2026-03-20 15:05:00 / Yangiliklar

Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan Yoshlar kuni deb e’lon qilingan Payshanba kuni foydalanishga topshirilgan Stadionning tantanali ochilish marosimiga O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adxamjon Ziyavitdinov, Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov ham tashrif buyurdilar.
Mahalla aholisi va yoshlar bilan muloqot chog‘ida mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan joriy etilgan open byudjet tizimi aholiga o‘z muammolarini ko‘tarib chiqib, byudjetdan mablag‘ olib, hal etishiga imkon bergani alohida ta’kidlab o‘tildi. Yangi sport maskanidan yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘taradigan chempionlar yetishib chiqishiga ishonch bildirildi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, mahalla futbol jamoasi mahallalararo o‘tkazilayotgan musobaqalarda yuksak natijalar ko‘rsatib, muxlislarini xushnud etib kelmoqda. Shu mahallaning o‘zidan yetishib chiqqan mutaxassis jamoaga murabbiylik qilmoqda.
Yangi stadion endi har mavsumda mahalladagi sport muxlislari, intiluvchan yoshlar va keksalarga ham xizmat ko‘rsatib, sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.







