Qo‘qon shahrida yangi mahalla maskani foydalanishga topshirildi
2026-03-19 14:25:00 / Yangiliklar

Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mahalla institutini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.
Mahalla faollari ham mutasaddilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar uchun minnatdorchilik izhor etib, yurtimizda hukm surayotgan tinch-osoyishta hayot, ulkan bunyodkorlik ishlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Qurilish ishlarini tez va sifatli qilib bajargan pudratchi tashkilot mutasaddilari ham e’tirof etilib, rag‘batlantiruvchi sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Yangi barpo etilgan binoda mahalla mutasaddilari uchun qulay-shart sharoitlar yaratilib, barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlandi. Mas’ullar ushbu sharoitlardan unumli foydalanib, yanada yuksak shijoat bilan aholiga xizmat qilishlarini bildirdilar.









