Qo‘qon shahrida chempionlar soni ortib bormoqda
2026-03-12 14:25:00 / Yangiliklar
Payshanba - Yoshlar kuni tadbirlari doirasida Qo‘qon shahar hokimi 2-Sport maktabida mutasaddilar va yoshlar bilan muloqot qilib, mavjud muammo va masalalar, olib borilayotgan seleksiya ishlari hamda erishilayotgan natijalarni o‘rgandi.

Darhaqiqat davlatimiz rahbarining ilg‘or tashabbuslari amaliyotga joriy etilishi natijasida sport maktabida eng yuksak darajadagi shart-sharoitlar yaratildi. Sport to‘garaklari va ularga qatnayotgan yoshlarning soni bir necha barobar ortdi. Qo‘qon shahar hokimi murabbiylar bilan muloqotda bo‘lib, yetishib chiqayotgan iqtidorli sportchilar, yuksak natijalarga erishayotgan yoshlar sonini yanada oshirish uchun zarur omillar bilan qiziqdi.
Tashrif so‘nggida mutasaddilarga ommaviy sportni yanada rivojlantirish, sport tadbirlarini mahallalar kesimida ham muntazam tashkil etib borish, iqtidorli sportchilarni aniqlash yuzasidan vazifalar belgilab berildi.





