O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilamiz!
2026-03-07 22:10:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahridagi harbiy qismlarda xizmat qilish uchun yurtimizning turli hududlaridan muddatli xizmatni o‘tash uchun askarlar yetib keldi

Qo‘qon temir yo‘l vokzalida mehmonlarni Qo‘qon shahar hokimligi, Mudofaa bo‘limi, jamoat va yoshlar tashkilotlari vakillari tantanali kutib oldilar. Tantanali marosimda mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan milliy armiyamiz quch va qudratini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro arenada Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan tinchlikparvar siyosat e’tirof etildi.
Askarlarga harbiy xizmat mashaqqatlarida kuch va matonat, sabr-toqat tilab, harbiy qismlariga kuzatib quyildi.




