Qo‘qon shahrida ta’lim sohasini yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi
2026-03-02 14:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Qo‘qon universitetida o‘tkazilgan seminarga tashrif buyurgan Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vaziri, Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo texnologiyalari universiteti Toshkent filiali, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, Qo‘qon universiteti Andijon filiali rektorlari bilan muloqotda bo‘lib, davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan yoshlar bilan ishlash sohasida joriy etilayotgan innovatsiyalarni Qo‘qon shahrida ham amaliyotda qo‘llash, shahrimizdagi maktablarda faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlar malakasini oshirish masalalarini muhokama etdi.

Xususan, Qo‘qon universiteti Andijon filiali rektori Jur’atbek Kuvvatov bilan bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida Qo‘qon shahrida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha ko‘lamini yanada kengaytirish, volontyorlik xizmatlari bilan Qo‘qon shahrining yangi hududlarini qamrab olish, tibbiy profilaktika va diagnostika tadbirlari sonini oshirish kabi ko‘plab masalalar muhokama etildi.
Qo‘qon shahar hokimi Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabalari bilan ham suhbatda bo‘lib, tibbiyot sohasidagi ilg‘or profilaktika uskunalarini sinovdan o‘tkazdi. Yoshlar bilan muloqot chog‘ida shahrimizda amalga oshirilayotgan volontyorlik loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.




