Qo‘qonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-02-25 10:30:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimligida tadbirkorlar ishtirokida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi. Unda viloyat hokimligi, Biznes-ombudsman devonining hududiy vakillari, Savdo-sanoat palatasi hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar o‘z faoliyatiga doir muammo va takliflari bilan murojaat qildi. Asosan yer ajratish, kredit va moliyalashtirish, infratuzilma ta’minoti, soliq va bojxona tartib-taomillari hamda davlat xizmatlaridan foydalanish masalalari ko‘tarildi.
Mas’ullar tomonidan har bir murojaat alohida ko‘rib chiqilib, ayrim masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday ochiq muloqotlar tadbirkorlik muhitini yaxshilash, davlat va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda muammolarga tezkor yechim topishda muhim ahamiyatga ega.









