“Alisher Navoiy” mahallasida faxriylar xonadonida iftorlik tashkil etildi
2026-02-24 18:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qo‘qon shahridagi “Alisher Navoiy” mahallasida faxriylar xonadonida iftorlik tadbiri tashkil etildi.

Mazkur xayrli tadbir keksa avlod vakillarini e’zozlash, mahallada mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
Iftorlik marosimida shahar hokimligi vakillari, diniy soha mutasaddilari, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdilar. Samimiy suhbatlar, duo va ezgu tilaklar tadbirga fayz bag‘ishladi.
Dasturxon atrofida yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik va davlatimiz rahbariga sihat-salomatlik tilab niyat qilindi.






