Bu kunni biz juda ham kutgan edik
2026-02-23 18:00:00 / Yangiliklar
Prezident qarori ijrosi doirasida Muborak Ramazon oyida imkoniyati cheklangan fuqarolarga davolanish uchun mablag‘ ajratildi

Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov, "Inson" ijtimoiy xizmatlar Qo‘qon shahar bo‘limi rahbari Jahongir Mirzo Mirzayev "Vaqf" fondi tomonidan taqdim etilgan vaucherlarni tantanali ravishda fuqarolarga topshirdilar.
Qo‘qon shahar hokimi mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbuslar doirasida imkoniyati cheklangan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni e’tirof etib, bemorlarga shifo hamda sihat salomatlik tiladi.



