Qo‘qon shahrida favqulodda vaziyatlarni oldini olish choralari ko‘rilmoqda
2026-02-06 14:25:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan muloqotda bo‘lib, shahrimiz aholisini yong‘inlar, is gazidan zaharlanishining oldini olish bo‘yicha keng qamrovli profilaktik tadbirlarni tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berdi.
Qo‘qon shahar hokimi Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilar brigadasining xizmatga shayligi, shaxsiy tarkib navbatchilik xizmati uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ham o‘rganib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
