Biz bunday uylarni orzu ham qilmagan edik
2026-01-06 17:25:00 / Yangiliklar

Ming yillik tarixga ega Qo‘qon - endi shaharcha emas zamonaviy megapolis, xalqaro turizm va savdo markaziga aylanib bormoqda. Shahrimizda ikki dona to‘qqiz qavatli bino bo‘lar edi, ko‘p qavatli uy deganda ko‘z oldimizga sobiq ittifoq davrida qurilgan ikki nari borsa to‘rt qavatli uylar kelar edi. Aholi uchun arzon, qulay va zamonaviy uylarga ehtiyoj katta edi.
Bugun taratadigan hidi bilan yillar davomida hamshaharlarimizni jig‘iga teggan sobiq "Yog‘-moy" kombinati o‘rnida jahondagi eng so‘nggi qurilish texnologiyalari asosida yangi mavze, yo‘qdan bor bo‘lib, ko‘p qavatli uylar salobati bilan o‘nib o‘sib muhayyo bo‘ldi. Inson hayoti uchun zarur barcha qulayliklar, bog‘cha, maktab, xizmat ko‘rsatish va savdo nuqtalarini o‘z ichiga jamlagan uy-joy majmuasi Qo‘qon aholisi uchun eng yirik va kutilgan tuhfa, zamonaviy xonadonlar haqidagi orzularimizni ushalishi bo‘ldi.




