Qo‘qon shahrida dual ta’limni rivojlantirish masalalari muhokama etildi
2025-12-24 10:50:00 / Yangiliklar
Qo‘qon shahar hokimi Marufjon Usmonov "Indorama Kokand Textile" korxonasi rahbariyati bilan muzokaralar olib bordi. Muloqot chog‘ida 2025-yilda hamkorlikda amalga oshirilgan loyihalar tahlil etilib, 2026-yilga rejalar muhokama etildi.

Xususan, muloqot chog‘ida "Indorama Kokand Textile" korxonasi xodimlarini texnikumlarda o‘qitish, dual ta’limni rivojlantirish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.




