Navbahorda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
2025-12-22 10:45:00 / Yangiliklar

Seminar davomida qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, tomchilatib sug‘orish va sharbatlab sug‘orish usullarining afzalliklari, ularni amaliyotga tatbiq etish orqali suv sarfini kamaytirish va yer unumdorligini oshirish imkoniyatlari atroflicha tushuntirildi.
Tuman hokimi fermer va dehqon xo‘jaligi rahbarlariga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berib, ushbu yo‘nalishda faol bo‘lgan tadbirkorlar uchun mavjud imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan samarali foydalanish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilarining savollariga mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berilib, kelgusida tumanda suv tejovchi texnologiyalarni yanada keng joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.



