ISSV delegatsiyasi davlat boshqaruvi sohasidagi xalqaro o‘quv dasturida ishtirok etmoqda
2025-09-03 12:40:00 / Yangiliklar

ISSV delegatsiyasi “Rahbarlar uchun davlat boshqaruvi magistri” dasturining birinchi modulida o‘qimoqda.
Modul investitsiyalar, sanoat va savdo sohalarida davlat boshqaruvining zamonaviy tendensiyalariga bag‘ishlangan.
Mashg‘ulotlar eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tajriba, sanoat siyosati sohasida davlatning huquqiy tartibga solishi, jahon iqtisodiyoti va jahon savdosining rivojlanish istiqbollari hamda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning strategik ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan.
Dasturining amaliy qismida ishtirokchilar “Murakkab boshqaruv vazifalarini hal etish" metodologiyasini o‘rganadilar, shuningdek, “Skolkovo” texnoparki va “Texnopolis Moskva” erkin iqtisodiy zonasi faoliyati bilan tanishadilar.



