Energetika sohasida hamkorlik: Ilzat Kasimov “AECC Gas Turbine” bilan muzokaralar o‘tkazdi
2025-05-25 00:15:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 22-may kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoy Xalq Respublikasining gaz turbinalari ishlab chiqaruvchi yetakchi “AECC Gas Turbine” kompaniyasining Markaziy Osiyo va MDH davlatlari bo‘yicha bosh direktori Ma Hualun bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekiston va AECC Gas Turbine oʻrtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, jumladan, O‘zbekistondagi sanoat obyektlarida zamonaviy gaz turbinali texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xitoy tomoni hamkorlikni rivojlantirishga tayyorligini bildirdi, shu munosabat bilan oʻzaro anglashuv memorandumini imzolash va loyihadan oldingi ishlarni boshlash sanalari kelishib olindi.




