Laziz Kudratov va Dilma Russeff videokonferensiya orqali muzokaralar o‘tkazdi: strategik loyihalar va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2025-04-30 21:20:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yangi taraqqiyot banki (YTB) prezidenti Dilma Russeff bilan videokonferensiya tarzida muzokaralar o‘tkazdi.
ISSV rahbari Russeff xonimni 2025-2030 yillar uchun YTB prezidenti lavozimiga qayta saylangani bilan samimiy tabrikladi. Bank rahbariyati 2025-yil 10-12-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etildi.
Tomonlar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ham ko‘rib chiqdilar. Xususan, infratuzilma, suv resurslari, qayta tiklanuvchi va yashil energiya sohalarida yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, tezyurar poyezdlar uchun temir yo‘l, avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xususiy investitsiya tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
