O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida qarorgohi Tehron shahrida bo‘lgan Filippinning O‘zbekistondagi elchisi Roberto Monalo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-04-25 17:35:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda xorijiy tomon O‘zbekistondagi investitsiyaviy muhit va xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga yuksak baho berdi.
O‘zbekiston va Filippin o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari, xususan, AKT, elektrotexnika, transport, geologiya, to‘qimachilik sanoati sohalarida sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, filippinlik investorlarni O‘zbekistonga jalb etish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Shu nuqtai nazardan, joriy yilning to‘rtinchi choragida Manila shahrida rejalashtirilgan navbatdagi siyosiy muloqot doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.





