Anadolu Isuzu kompaniyasi avtomobil guruhi prezidenti Bora Kochak bilan uchrashuv
2024-10-07 14:00:00 / Yangiliklar

Shu yilning 7-oktabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi avtomobil guruhi prezidenti Bora Kochak bilan uchrashdi.
Anadolu Isuzu 1984-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Turkiyaning Anadolu Group xoldingining avtobus va tijorat avtomobillari ishlab chiqaruvchi yirik shoʻba korxonalaridan biridir.
Suhbat davomida kompaniyani Oʻzbekistonda xususiylashtirish dasturida ishtirok etishga va avtomobilsozlik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga jalb etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, tomonlar Anadolu Group xoldingining O‘zbekistondagi boshqa tashabbuslari, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarining joriy holatini ko‘rib chiqdilar.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni chuqurlashtirish va turk kompaniyasining mamlakatimizdagi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha har tomonlama chora-tadbirlarni koʻrishga tayyorlik bildirildi.




