Zamonaviy tozalash tizimi poytaxtimizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashga salmoqli hissa qo‘shadi
2024-08-13 19:05:00 / Yangiliklar

“Abu Dhabi Sustainable Water Solutions” (SWS) BAAdagi oqava suvlarni yig‘ish, tozalash va qayta ishlatishning yagona tashkilotchisi hisoblanadi. 1,341,000 m³ dan ortiq suv har kuni 200 dan ortiq nasos stansiyalari va 42 ta tozalash stansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan 12,000 km uzunlikdagi keng tarmoq orqali yig‘iladi. Kompaniya tabiiy suv resurslariga bosimni pasaytirish va BAA barqaror rivojlanishi ustida ishlamoqda.
Loyiha SWS va uning texnologik hamkorlari sifatida tanlangan SUEZ va Marubeni kompaniyalari konsorsiumi tomonidan amalga oshiriladi.
Loyihaning dastlabki parametrlariga ko‘ra, birinchi bosqichda inshootning quvvati kuniga 1 000 000 m³ bo‘lib, keyinchalik 1,5 million m³ tashkil etadi. Loyiha doirasida 42 km uzunlikdagi oqava suv kollektorini yaratish rejalashtirilmoqda, bu oqava suvlarni keyinchalik tozalash uchun samarali yig‘ish va tashish imkonini beradi.
Oqova suvlarni tozalash va tashish jarayonlarini samarali monitoring qilish va boshqarishni taʼminlaydigan SCADA (maʼlumotlarni boshqarish va yig‘ish tizimlari) va GIS (geoinformatsion tizimlar) tizimlari joriy etiladi.
Marosimda taʼkidlanganidek, ushbu loyihaning amalga oshirilishi Toshkent viloyatini aholi, korxona va tashkilotlarni markazlashtirilgan sanitariya bilan taʼminlash imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, aholi salomatligi va mintaqadagi ekologik vaziyatni yana-da yaxshilashga xizmat qiladi xamda 10 mln.kVt ko‘proq elektr energiya iqtisod qilishga zamin yaratadi.









