Saudiya Arabistoning Vision Invest kompаniyasi bilan muzokaralar
2024-06-28 20:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 28-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vision invest kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar N. Ol-Midaniy bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Tomonlar amaldagi kelishuvlar ijrosi hamda transport va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirish istiqbollarini atroflicha ko‘rib chiqdilar.
Vision invest kompaniyasi 2002-yilda tashkil etilgan. Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarining qiymati 96 milliard dollarni tashkil etadi. Vision invest ACWA Power kompaniyasi aksiyadori sanaladi va Saudiya Arabistoni, BAA va Ummondagi DXSh asosidagi loyihalarida yetakchi oʻrinni egallaydi.



