Sanoat, qurilish materiallari ishlab chiqarish va oziq-ovqat sanoatidagi investitsiya loyihalari Toshkent xalqaro investitsiya forumida taqdim etildi
2024-05-02 15:20:00 / Yangiliklar

Sessiya doirasida bugungi kunda O‘zbekiston mamlakat sanoat sektorini rivojlantirishga katta ahamiyat berayotgani ta’kidlandi. Xususan, 2023-yilda 69,4 mingdan ortiq sanoat korxonalari 51,72 milliard AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqargan. Ushbu hajmdagi eng katta ulush (84,4%) ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri keldi. Yirik tarmoqlarni o‘zgartirish va modernizatsiya qilish jarayonlari davom etmoqda.
Pitch-sessiya davomida sanoatning yetakchi rahbarlari qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalarda bir nechta istiqbolli investitsiya loyihalarini taqdim etdilar.
Xususan, «O‘zavtosanoat» AJ raisining o‘rinbosari Davron Hidoyatov avtomobil sanoati O‘zbekiston iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynayotganini, mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 4,5 foizini tashkil etayotganini ta’kidladi.
Jaloliddin Gulxanov Qishloq xo'jaligi vazirligi departamenti direktori O‘zbekistonda bolalar ozuqalari ishlab chiqarish haqida so‘zlab berdi.
«Bugungi kunda respublika faqat bolalar ozuqalari, yormalar, choylar, pudinglar va boshqalarni import qiladi. Yillik import 90 million dollarni tashkil etadi. O‘zbekistonda 4 yoshgacha bo‘lgan 4 milliondan ortiq bola yashayotganiga e’tibor qaratildi, bu esa investitsiya kiritish va foyda olish uchun katta salohiyat borligidan dalolat beradi».
«O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi raisining o‘rinbosari Ilyos Rahimov to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan to‘qimachilikka ixtisoslashgan kichik sanoat hududlari ishiga e‘tibor qaratdi. U hududlar investitsiyalarni jalb qilish maqsadida yaratilganini alohida ta’kidladi. Hududda tovarlarni eksport qilish uchun barcha sharoitlar mavjud.









