«Oʻzbekistonning yashil energetikadagi muvaffaqiyati iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda» – ACWA Power bosh direktori Marko Аrchelli
2024-05-02 15:05:00 / Yangiliklar

Ilgari Oʻzbekiston qazib olinadigan yoqilgʻi turlariga tayanardi, asosiy ulush gazga toʻgʻri kelardi. Аmmo mamlakat taraqqiyotining yangi yoʻnalishi yashil energetika uchun eshiklarni ochdi. Bugun biz yetakchi oʻyinchilar bilan hamkorlik qilyapmiz va 2030-yilga borib Oʻzbekiston 20 gigavatt quvvatda qayta tiklanadigan energiya manbalarini yaratadi va uning energiya balansidagi ulushini 40%gacha yetkazadi, – sohada olib borilayotgan ishlarga doir maʼlumotlar bilan boʻlishdi Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri Umid Mamadaminov.
Munozara davomida Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi. Ishtirokchilar investorlarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirish, texnologik innovatsiyalar, loyihalarni kengaytirish, iqlimiy moliyalashtirishning roli va yashil energiyani targʻib qilish boʻyicha siyosiy tavsiyalar kabi turli jihatlarni muhokama qildilar.
Biz uchun yashil energetikani rivojlantirish borasida davlatning aniq tasavvurga egaligi, shuningdek, ochiq va konstruktiv muloqotga tayyorligi doimo muhim boʻlgan. Bu yerda qarorlar tez qabul qilinadi. Bugun biz 5 gigavatt quvvatga ega shamol energetikasini rivojlantirish boʻyicha shartnoma imzoladik", dedi ACWA Power bosh direktori Marko Аrchelli.
Maʼruzachilar ushbu sohadagi qarashlari, tajribalari va rejalari bilan oʻrtoqlashdilar. Qayta tiklanadigan energiya manbalarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning asosiy omillari, jumladan, qulay investitsiya muhitini yaratish, innovatsion va strategik sheriklik masalalari koʻrib chiqildi.









