Oʻzbekiston va Ozarbayjon: muvaffaqiyat sari hamqadam
2024-05-02 14:20:00 / Yangiliklar

Sessiyada quyidagi spikerlar ishtirok etdilar:
• Mikayil Jabbarov, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri
• Xurram Teshabayev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari
• Shuhrat Vafoyev, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi bosh direktori
• Yusif Abdullayev, Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash agentligi ijrochi direktori
• Nazim Hajiyev, Oʻzbek-Ozarbayjon investitsion kompaniyasi direktori.
Ishtirokchilar ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning asosida qanday tarixiy va madaniy ildizlar yotganini taʼkidlab, ikki xalqning azaliy savdo-ijtimoiy munosabatlarini e’tirof etdi. Shuningdek, savdo, investitsiyalar, energetika va turizm sohalarida muvaffaqiyatli hamkorlik loyihalari koʻrib chiqildi.
Sessiyada iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni yana rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligi muhokama qilindi. Ekspertlar qulay sharoitlar va oʻzaro investitsiyalarni jalb etish uchun istiqbolli yoʻnalishlar haqida fikr almashdilar.
Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikayil Jabbarov O‘zbekiston bilan Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning asosi xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, qarindoshlik, madaniy birlik, tarixan o‘zaro bog‘liqlik ekanini ta’kidladi:
— Bu bir tomondan hukumatdagi ishimizni osonlashtirsa, ikkinchi tomondan umidlarning kattaligi jarayonni amalga oshirishni murakkablashtiradi, — deya fikr bildirdi u. — Hamkorlik tarixi ikki yil avval O‘zbekiston tovarlari uchun maxsus savdo siyosati qo‘llanilgan paytdan boshlangan. Shu ikki yil davomida biz bu sohada sezilarli o‘sishga erishdik. Mamlakatlarimiz oʻrtasida avtomobil, temir yoʻl liniyalari orqali 300 tonnadan ortiq turli yuklar tashildi. Transport aloqasi esa mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo va hamkorlikni soddalashtirdi.
Sessiya Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va yangi umumiy muvaffaqiyatlarga yoʻl ochish boʻyicha konstruktiv muloqot maydoni boְ‘lib xizmat qildi.









