O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining amal qilishi haqida UMUMIY HISOBOT
2025-11-19 17:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida” qonuni asosida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 72-i-sonli buyrug‘i bilan “Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xodimlarining “Odob-axloq qoidalari, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarini takomillashtirish to‘g‘risida” buyrug‘i bilan quyidagi nizomlar tasdiqlandi:
- Investitsiyalar,sanoat va savdo vazirligi xodimlarining Odob-axloq qoidalari (keyingi o‘rinlarda – Odob-axloq qoidalari) yangi tahrirda;
-Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi nizomi;
-Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida Odob-axloq komissiyasining yangilangan tarkibi;
-Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tizimida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarning xavfsizligi kafolatlari va rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
-Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari bo‘linmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi Nizom yangi tahrirda qabul qilish uchun ishlab chiqildi.
Manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solishda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining 2024-yil 4-apreldagi 39-i-son buyrug‘i bilan manfaatlar toʻqnashuvi deklaratsiyasini to‘ldirish va tartibga solingan holatlari soni, shu jumladan, ishga qabul qilish, har yillik deklaratsiyalash tartibi belgilandi va komplayens bo‘limi tomonidan monitoring olib borish tizimi joriy etildi.
Joriy yilda Vazirlik markaziy apparatida 385 ta va hududiy tuzilmalarda 599 ta xodimlar tomonidan manfaatlar toʻqnashuvi bo‘yicha deklaratsiya to‘ldirildi. Shundan Vazirlik markaziy apparatida ishlaydigan 5 ta, hududiy tuzilmada ishlaydigan 67 ta xodimlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganligi, 3 ta viloyatda 12 ta xodim budjet tashkilotlarida ishlovchilarning
4 va undan ortiq daromad manbaiga egaligi aniqlanib, odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish uchun kiritildi. 2025-yil 2-choragida Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida komplayens boʻlimi aniqlangan Vazirlik tizimidagi xodimning tadbirkorlik subyektlarida ta’sischilik asosida faoliyat yuritib kelayotganligi va tadbirkorlik subyektlaridagi ulushlarini realizatsiya qilish masalasi ko‘rib chiqilib bartarf etildi.
Vazirning 2024-yil 4-apreldagi 39-i-son buyrug‘i bilan ishga qabul qilingan nomzodlarni va kontragentlarni tekshirish tizimi joriy etildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida 2025-yil 3-choragida 144 ta kontragentlar tekshirilib, ijobiy xulosalar berildi va 13 ta shartnoma tuzish rad etildi.
2025-yilning 2-choragida xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tadbiri bo‘lib o‘tdi va vazirlik tizimiga yangi ishga qabul qilingan xodimlari qatnashdi. Tadbirda xodimlarga Korrupsiyani oldini olish, bartaraf etish va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari yangi ishga qabul qilingan xodimlar o‘rtasida joriy yilning avgust oyida vazirlik markaziy apparatida faoliyat yuritayotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar va yosh mutaxassislar ishtiroki Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Hozirgi kunda Korrupsiyani oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida Vazirlik xodimlarining 91 nafari Virtual akademiyada o‘qitish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni bilan Davlat dasturida belgilangan Rahbar kadrlarni baholash markazidan Korrupsiyaga qarshi baholashdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
