"Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish" haqida AOKAda oʻtkazilgan brifing
2024-03-06 13:00:00 / Matbuot anjumanlari

Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi shaharsozlik hujjatlarini geoportalga joylashtirib boradi
Bu haqida AOKAda oʻtkazilgan brifingda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov maʼlum qildi.
Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika Markazi, “ToshkentboshplanLITI”, “OʻzshaharsozlikLITI” va “Qishloq qurilish loyiha” kabi bosh loyiha institutlari tomonidan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish jarayonlarini muvofiqlashtirib, ushbu yoʻnalishdagi ishlar narxlarini iqtisod qilish, ularning sifati va muddati kabi masalalarni nazorat qiladi.
Shuningdek, Markaz bosh loyiha institutlari tomonidan tayyorlangan shaharsozlik hujjatlarini belgilangan tartibda qabul qilib, ularni ijro qilish va amalga oshirish uchun vakolatli organlarga va shaharsozlik faoliyati ishtirokchilariga taqdim etadi.
Bundan tashqari Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika Markazi “Mening hududim” platformasi orqali aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari va master rejalarini ishlab chiqishdagi jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda ovoz berish jarayonini ham muvofiqlashtirib boradi.
