Arxitektura va qurilish sohasi faxriylari bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-05-13 13:50:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashi raisi K.Tulyaganov tashabbusi bilan “TO‘PALANG HPD HOLDING” MCHJ huzuridagi “TO‘PALANG HPD WATER CONSTRUCTION” UK hamda “GORNYAK IZVEST” MCHJda faoliyat yuritayotgan faxriylar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida sohani rivojlantirishda faxriylarning boy hayotiy va kasbiy tajribasidan samarali foydalanish, zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etish, milliy arxitektura an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, shahar hududlaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, faxriylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb muammolarni hal etish jarayonlarida ularning faol ishtirokini kengaytirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar ilgari surildi.



