Forum doirasida muhim yo‘nalishlar ilgari surildi
2026-05-05 13:00:00 / Vazirlik yangiliklar

O‘zbekiston –Turkiya biznes forumi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot kotibi Saidnosir Usmonov so‘zga chiqib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorlik qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida izchil rivojlanib bormoqda.
Bu jarayon zamonaviy uy-joy qurilishi va shaharsozlikni kompleks rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, energiya samarador hamda innovatsion qurilish texnologiyalarini joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Shuningdek, zilzilabardosh qurilish bo‘yicha Turkiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari koʻrib chiqilmoqda.
Xususan, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash va mutaxassislar almashinuvi ham hamkorlikning muhim tarkibiy qismi sifatida qayd etildi.
“Yangi Toshkent” loyihasi doirasidagi qo‘shma tashabbuslar esa ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish hamda xorijiy investorlar uchun, jumladan, turk kompaniyalari uchun yangi imkoniyatlar yaratib bermoqda.




