O‘zbekiston–Turkiya biznes forumi boshlandi
2026-05-05 10:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Tadbir doirasida ikki qardosh davlat o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda. Unda davlat idoralari, biznes vakillari va yirik kompaniyalar ishtirok etib, investitsiyalar, sanoat va qurilish kabi qator ustuvor yo‘nalishlarda amaliy muloqotlar olib bormoqda.
Xususan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida so‘nggi yillarda shakllangan samarali hamkorlik, zamonaviy shaharsozlik yondashuvlari, infratuzilmani rivojlantirish hamda energiya samarador texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama markazida bo‘lmoqda.
Shuningdek, “Yangi Toshkent” loyihasi kabi yirik investitsiya tashabbuslari forum ishtirokchilari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Forum yangi g‘oyalar, kelishuvlar va uzoq muddatli sheriklik uchun mustahkam poydevor yaratmoqda.



