“O‘zshaharsozlik LITI” DMga Qirg‘iziston Respublikasi iborat delegatsiya tashrif buyurishdi
2026-04-30 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

“O‘zshaharsozlik LITI” DMga Qirg‘iziston Respublikasi Qurilish arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda uning huzuridagi Shaharsozlik va arxitektura departamenti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurishdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — ikki davlat o‘rtasida arxitektura va shaharsozlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy shahar infratuzilmasi bo‘yicha tajriba almashish hamda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashishdan iborat bo‘ldi.
Muloqot jarayonida:
• shaharsozlikda zamonaviy yondashuvlar,
• arxitektura yechimlari,
• hududlarni rivojlantirish,
• infratuzilmani rejalashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashish, malaka oshirish va amaliy hamkorlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Ushbu tashrif do‘stona aloqalarni mustahkamlash va sohada yangi tajribalarni o‘rganishga xizmat qiladi.




