Fuqarolar murojaatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda
2026-04-24 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Аyni paytda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasida fuqarolar murojaatlarini qabul qilish jarayoni davom etmoqda.
Aholining qurilish sohasiga oid murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida navbatdagi qabul tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida fuqarolar tomonidan uy-joy qurilishi, yer ajratish, noqonuniy qurilishlar, ruxsatnomalar olish tartibi hamda infratuzilma bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Vazirlik va bosh boshqarma vakillari tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berilmoqda. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olinib, belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi belgilanyapti.
Shuningdek, fuqarolarga qurilish sohasidagi amaldagi qonunchilik, ruxsat berish tartiblari va xavfsizlik talablariga rioya etish zarurligi haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etilmoqda.
Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali aloqani yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini tezkor hal etish hamda qurilish sohasida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.




