“Qabul-2026” doirasida murojaatlar ko‘rib chiqilmoqda
2026-04-24 13:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Xabar qilib borayotganimizdek, ayni paytda Toshkent shahrida qurilish sohasi bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda. Unda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Toir Alimatov ham bevosita ishtirok etyapti.
Tadbirda tadbirkorlar va aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar mas’ullar ishtirokida qabul qilinib, har bir holat amaldagi qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganib chiqilmoqda.
Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tartibda yechimlar ishlab chiqish va fuqarolarga aniq tushuntirishlar berilmoqda.




