Pokistonning “Habib Rafiq” kompaniyasi hamda uning xorijiy hamkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-04-23 12:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Pokistonning “Habib Rafiq” kompaniyasi hamda uning xorijiy hamkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqot avvalida kompaniya vakillari Yangi Toshkent shahri loyihalarida ishtirok etishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Tomonlar “Smart city”, Raqamli boshqaruv, Robotlashtirilgan xizmatlar, Texnopark va “Data center” yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashishdi. Shuningdek, zamonaviy transport tizimi va metro infratuzilmasi yuzasidan takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni institutsional jihatdan mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumini imzolash masalasi ko‘rib chiqilishi belgilandi.


