Vazirlik huzuridagi institut vakillari BMTTD xalqaro maslahatchisi bilan uchrashdi
2026-04-22 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun vazirlik huzuridagi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti vakillari hamda BMT Taraqqiyot dasturining Toshkentdagi doimiy vakolatxonasi xalqaro maslahatchisi A.Ochinchi boshchiligidagi delegatsiya o'rtasida uchrashuv tashkil etildi.
O’zaro muloqotda qurilish materiallari, jumladan, sement ishlab chiqarishda atrof-muhitga zararli ta’sirlarni kamaytirish, issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish hamda sohaga oid ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammo va istiqboldagi vazifalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.
Shuningdek, qurilish sohasida dekarbonizatsiya bo‘yicha davlat siyosati, amaldagi shaharsozlik norma va qoidalari, ushbu yo‘nalishda xalqaro standartlarni joriy etish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Ushbu masalalar yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirildi.
▪️Xususan, davlat organlari, ilmiy muassasalar hamda sanoat vakillari o‘rtasida samarali hamkorlikni kengaytirish, dekarbonizatsiya bo‘yicha yo‘l xaritasini shakllantirish va dastlabki tahliliy natijalarni muvofiqlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilish yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va amaliy loyihalarni izchil davom ettirishga kelishib oldilar.


