Toshkent shahri aholisi va qurilish sohasidagi tadbirkorlar diqqatiga!
2026-04-23 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha dolzarb haftalik e’lon qilinganini ma’lum qilamiz.
Ertaga, 24-apreldan e’tiboran jismoniy va yuridik shaxslar qurilish, shaharsozlik va infratuzilma sohalariga oid savol, muammo va takliflari yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.
Ushbu qabullarda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mas’ul xodimlari ham ishtirok etadi.
Har bir murojaat qonunchilik doirasida atroflicha o‘rganib chiqiladi.
Marhamat, qabulda ishtirok eting:
Soat: 10-00 dan
Manzil: Bobur ko'chasi 14-uy, "ToshketboshplanLITI" DM binosi.
