“Toshkentboshplan LITI” DUKda faxriylar bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-04-13 17:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashi raisi K.Tulyaganov tomonidan “Toshkentboshplan LITI” DUKda faoliyat yuritayotgan faxriylar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda sohani rivojlantirishda faxriylarning ko‘p yillik tajribasidan samarali foydalanish, zamonaviy talablarni amaliyotga joriy etish, milliy arxitektura an’analarini saqlash va rivojlantirish, shuningdek, shahar hududlaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, faxriylarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda sohadagi dolzarb masalalarni hal etish jarayonlariga faol jalb etish yuzasidan takliflar bildirildi.

