Samarqand viloyati Qurilish bosh boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi
2026-04-10 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda bosh boshqarma boshlig‘i B.Negmatov rahbarligida boshqarma bo‘lim boshliqlari hamda tuman va shahar bo‘limlari mutasaddilari ishtirok etdi.
Unda asosiy e’tibor korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi murosasiz kurashish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash masalalariga qaratildi. Mutasaddilar tomonidan davlat siyosati darajasida belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, har bir xodim zimmasidagi mas’uliyat yana bir bor eslatib o‘tildi.
Shuningdek, sohada shaffoflikni ta’minlash, noqonuniy qurilishlarning oldini olish hamda xizmat faoliyatida halollik tamoyillariga qat’iy rioya etish eng ustuvor yo‘nalishlardan biri ekani ta'kidlandi. Shu maqsadda joylarda muntazam monitoringlar va xizmat tekshiruvlari olib borilayotgani, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan qat’iy choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.
🫥 Yig‘ilish yakunida barcha rahbar va xodimlarga aniq vazifalar belgilab berilib, qonunchilik talablariga qat’iy amal qilish, noqonuniy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik hamda aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Shu bilan birga, hududlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy obyektlarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish masalasi ham muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli qarori asosida tuman va shahar bo‘limlari xodimlari tomonidan maxsus planshetlar orqali qurilish jarayonlarini joyida turib onlayn monitoring qilish, aniqlangan qonunbuzarliklar bo‘yicha belgilangan tartibda zudlik bilan choralar ko‘rish mexanizmlari yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.



