Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati
2026-04-09 19:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi jamoasi, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva boshchiligida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Amir Temur xiyobonida bo'lib, sohibqiron haykali poyiga gulchambar qo‘yish tadbirida ishtirok etdi.
Buyuk ajdodimizning davlat boshqaruvi, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yod etildi.
Shuningdek, vazirlik jamoasi rekonstruksiya qilingan Temuriylar tarixi davlat muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muzey binosi dunyoning ilg‘or tajribalari asosida yangilanib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Raqamlashtirish natijasida ekspozitsiyalar kengaytirilib, xorijdan keltirilgan eksponatlar bilan boyitilgan.
Xususan, birinchi qavatda “Buyuk Sohibqiron – Ikkinchi Renessans asoschisi” bo‘limi tashkil etilgan. Ikkinchi qavatda esa sun’iy intellekt va “aqlli” texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv ekspozitsiyalar, 3D formatdagi eksponatlar hamda tarixiy xaritalar namoyish etilgan.



