Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida "Korea Lift University" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-04-09 19:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligida "Korea Lift University" vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, xususan, liftlar xavfsizligini ta’minlash, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, ekspluatatsiya qilish, ishlab chiqarish, o‘rnatish va ta’mirlash jarayonlarini takomillashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shu bilan birga, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida faoliyatni tashkil etish hamda tizimli islohotlarni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar lift sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va joriy etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar. Mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish bo‘yicha istiqbolli tashabbuslar ilgari surildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo‘shma loyihalar, investitsion tashabbuslar va innovatsion yechimlar yuzasidan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazildi.



