Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi vakili vazirlikka tanishtirildi
2026-04-09 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Davlatimiz rahbarining “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga Hisob palatasining bosh inspektori Dauletiyarov Shuhrat Qidirbayevich biriktirildi va vazirlik jamoasiga tanishtirildi.
Tadbirda vazir oʻrinbosari Ozoda Jo‘rayeva, vazirlik masʼul xodimlari, shuningdek, Hisob palatasi vakillari ishtirok etdi.
E’tirof etilganidek, vazirlik tizimida ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qatʼiy amal qilimoqda. Budjet mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
- Vazirlik tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish hamda moliyaviy intizomni kuchaytirish ustuvor vazifalarimizdan hisoblanadi. Bu borada Hisob palatasi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyatga ega, — deya taʼkidladi Ozoda Jo'rayeva.
Shuningdek, moliyaviy intizomni yanada mustahkamlash, ichki nazorat va audit tizimlarini takomillashtirish, zamonaviy nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv yakunida Hisob palatasi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, nazorat-tahlil jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda axborot almashinuvini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvlarga erishildi.
Taʼkidlandiki, mazkur hamkorlik budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanish, xavflarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda tizimda shaffoflikni yanada oshirishga xizmat qiladi.



