Denovda turar joy va infratuzilma loyihalari ko‘zdan kechirildi
2026-04-08 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Hududlarning shaharsozlik qiyofasini yaxshilash, aholini zamonaviy va sifatli uy-joylar bilan ta’minlash hamda infratuzilmani rivojlantirish borasida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Denov tumanida Yoshlar texnoparki va savdo markazi, shuningdek, “Nurli manzil” mahallasida “Silver House Denov” qurilish kompaniyasi tomonidan qiymati 20 mlrd 195 mln so‘m bo‘lgan, birinchi qavati savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalaridan iborat ko‘p qavatli turar joylar barpo etilmoqda. Shu bilan birga, Abdurahmon Jomiy mahallasida ham qiymati 23 mlrd 430 mln so‘mlik ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi olib borilmoqda.
Mutasaddilar mazkur obyektlardagi qurilish jarayonlari bilan tanishib, Qizil suv daryosi bo‘yida rejalashtirilayotgan turar joy, savdo va ko‘ngilochar majmua loyihalarini ham ko‘rib chiqdilar.
O‘rganishlar yakunida mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.


