Qurilish va arxitektura sohasida faxriylar faoliyati muhokama qilindi
2026-04-07 10:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 431-son qarori hamda 2026-yil ish rejasi doirasida kengashning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda “Shaffof qurilish” tizimi orqali 1 563 ta tashkilot ro‘yxati shakllantirilgani, 952 tasi bilan ishlar yakunlangani, 611 tasi bilan ishlar davom etayotgani qayd etildi. Shuningdek, 1 065 nafar nomzoddan 908 nafari faxriylar safiga qabul qilingan.
“Ustoz–shogird” yo‘nalishida 15 ta oliy ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda tadbirlar tashkil etilib, 20 mingdan ortiq talabalar qamrab olindi. 1-chorakda 8 600 nafar talaba ishtirokida 89 ta tadbir o‘tkazildi.
Faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash doirasida sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etildi hamda 350 nafardan ortiq soha vakillari faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Yig‘ilish yakunida 2026-yil 2-chorak uchun ustuvor vazifalar belgilandi.


