Hududlarda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilinmoqda
2026-04-06 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Buxoro viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda amaldagi qonunchilik hujjatlari hamda Prezident farmon va qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, davlat dasturlarining joylardagi bajarilishi va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi omil bo‘lib, unga qarshi kurashish har bir davlat xizmatchisining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Shu bois xodimlar tomonidan xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish zarurligi alohida qayd etildi.
Shuningdek, tizimda ichki nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni kengaytirish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.


