Navoiyda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-04-04 22:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Navoiy viloyatida tadbirkorlar va investorlar ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda hududda biznes yuritish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari, Hukumat komissiyasi raisi Jamshid Xodjayev, Navoiy viloyati hokimi, shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari qatorida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari T.Alimatov ishtirok etib, tadbirkorlarning savol va murojaatlariga atroflicha javob berdi.
Muloqot jarayonida viloyatning boshqa tumanlaridan tadbirkorlar hamda ayrim davlat tashkilotlari onlayn tarzda ulanib, murojaatlarni tezkor ko‘rib chiqish va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkoniyati yaratildi.
Xususan, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi yo‘nalishida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, yer uchastkalarini ajratish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar bo‘yicha aniq tushuntirishlar berildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.




