Endi aholi murojaatlariga boshqacha qaraladi
2026-04-03 12:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Navoiy viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasida oʻtkazilgan qabul jarayonida fuqarolar tomonidan koʻtarilgan issiqlik taʼminotiga oid murojaatlar atroflicha koʻrib chiqildi.
Mazkur murojaatlarni joyida oʻrganish va ularni ijobiy hal etish maqsadida Navoiy viloyati “Issiqlik taʼminoti” MCHJ direktori Anvar Boʻriyev tegishli mutasaddilar bilan birgalikda Navoiy shahridagi Sputnik qoʻrgʻonida joylashgan koʻp qavatli uylarda boʻldi.
Oʻrganishlar davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mutasaddilar tomonidan tizimni yanada yaxshilash, aholiga sifatli va barqaror issiq suv yetkazib berishni taʼminlash boʻyicha zarur vazifalar belgilab olindi.


