Vazir Buxoroda yoshlar bilan uchrashdi
2026-04-02 16:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Buxoro davlat texnika universitetida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan qurilish sohasiga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, innovatsion loyihalar tanlovlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, zamonaviy va ekologik loyiha ishlanmalarini kengaytirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Vazir Sherzod Hidoyatov yoshlar tomonidan bildirilgan har bir g‘oya va loyiha vazirlik tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, soha rivojiga zamonaviy yondashuv olib kirayotgan, yangilikka intiluvchan yoshlar bilan faxrlanishini bildirdi.
Uchrashuv yakunida vazirlik va universitet o‘rtasida istiqboldagi hamkorlikni yanada kengaytirish, faol yoshlar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda qurilish sohasini innovatsion rivojlantirishdagi o'rni bilan ahamiyatlidir.







