Polimer kompozit materiallar seysmik sinovdan o‘tkazildi
2026-03-26 14:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Turin Politexnika universiteti Texnoparkida yangi turdagi polimer kompozit materiallar sinovdan o‘tkazildi.
Tadbir doirasida bazalt va shisha tolali polimer kompozit mahsulotlar sun’iy zilzila platformasida 5, 6, 7, 8 va 9 ball va unda yuqori intensivlikdagi seysmik ta’sir ko'rsatildi. Sinovlar orqali materiallarning mustahkamligi, deformatsiyalanish darajasi hamda zilzilabardoshlik ko‘rsatkichlari ilmiy asosda baholandi.
Mazkur jarayon qurilish sohasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan innovatsion materiallarning samaradorligini aniqlash, ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.


