Andijon viloyati hududiy qurilish sohasida nazorat qilish inspeksiyasida ochiq muloqot
2026-03-26 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Andijon viloyati hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasida inspeksiya rahbari, viloyat Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, viloyat hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” DUK rahbari hamda “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Andijon hududiy boshqarmasi rahbari va qurilish sohasiga aloqador tashkilotlarning rahbar va mutaxassislari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Unda qurilish obyektlarini hududiy inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, qurilish madaniyatini oshirish, qurilish-montaj ishlari ustidan nazoratni kuchaytirish hamda obyektlar ustidan samarali nazoratni tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, Prezidentimizning PF-66-son Farmoniga muvofiq, 2025-yil 1-iyuldan boshlab davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlarga videokameralar o‘rnatilishi belgilanganligi, ularni yagona onlayn kuzatuv markaziga ulash tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Yig‘ilish davomida shartnoma shartlarining bajarilishi, qurilish obyektlarida olib borilayotgan ishlar sifati ustidan nazorat, shuningdek, joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha qo‘llanilgan ma’muriy choralar ham muhokama etildi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.



