“AIREX” – ko‘chmas mulk va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmasi
2026-03-26 09:30:00 / Vazirlik yangiliklar

Joriy yilning 4-6-noyabr kunlari Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida “AIREX” – ko‘chmas mulk va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur xalqaro tadbirda yetakchi qurilish kompaniyalari, investorlar hamda biznes sohasi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Ko‘rgazma yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, investitsiya imkoniyatlarini kengaytirish hamda sohadagi zamonaviy tendensiyalar bilan yaqindan tanishish uchun muhim platforma hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasidagi manfaatdor ishbilarmon doira vakillarini ushbu nufuzli ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif etamiz.
