Qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi
2026-03-19 15:20:00 / Vazirlik yangiliklar

Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligida vazirlik mutasaddilari, Adliya vazirligi, O‘zbekiston quruvchilari assotsiatsiyasi hamda qurilish sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuv sohada mavjud dolzarb masalarni atroflicha ko'rib chiqish, tadbirkorlar bilan ochiq va konstruktiv muloqotni yo'lga qo'yish hamda huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirishga qaratildi.
Muloqot Assotsiatsiya rahbari M. Niyazmuxamedov moderatorligida o‘tdi. Litsenziyalash, tender jarayonlariga alohida to'xtalib o'tildi. Shunigdek, ijtimoiy soha obyektlari qurilishi jarayonida yuzaga kelayotgan iqtisodiy va huquqiy masalalar ham batafsil muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda buyurtmachi va pudratchi tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish, shartnoma majburiyatlari ijrosini ta’minlash hamda amaldagi qonunchilikni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Ochiq muloqot yakunida bildirilgan takliflarni tizimlashtirish, ularni amaliyotga joriy etish hamda sohaga oid normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.



