Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi
2026-03-13 11:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizim tashkilotlarida siyosiy-maʼrifat soati boʻlib oʻtdi.
Unda aksariyat xodimlar milliy libosda ishtirok etib, siyosiy bilim va koʻnikmalarini yanada oshirdi. Taʼkidlash o'rinliki, bu kabi tadbirlar milliy oʻzligimizni chuqurroq anglash va targʻib qilishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, yig'ilish davomida vazirlikning Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Fayziyev barcha mutaxassislarga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, xizmat faoliyatida shaffoflik va qonuniylikni ta'minlash, manfaatlar to'qnashuviga yo'l qo'ymaslik bo'yicha tushunchalar berdi.
Xususan, vazirlikning ichki buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda koʻmaklashgan xodimlarni ragʻbatlantirish tartibi" haqida ma'lumot berildi. Bu orqali korrupsiyaviy holatlar haqida axborot berish mexanizmlari, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish tartibi batafsil tushuntirildi. Bundan tashqari xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ham javob oldilar.
Eslatib o'tamiz, bu kabi tadbirlar vazirlikning barcha hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlarida davom etmoqda.



