Faxriylar bilan davra suhbati o‘tkazildi
2026-03-11 15:00:00 / Vazirlik yangiliklar

Vazirlar Mahkamasining 431-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Tashgiprogor” AJda faoliyat yuritayotgan faxriylar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Unda Arxitektura va qurilish sohasi Faxriylar kengashi raisi K.Tulyaganov hamda tashkilotda faoliyat yuritayotgan tajribali muhandis-me’mor faxriylar — T. Sodiqov, X. Rahmatullayev, X.Toshmuhammedov, M.Tuniyeva, X. Miralimova va boshqa mutaxassislar ishtirok etdi.
Suhbat davomida sohani jadal rivojlantirishda faxriylarning boy hayotiy tajribasi va amaliy salohiyatidan samarali foydalanish, zamonaviy talablarni amaliyotga keng joriy etish, milliy arxitektura va madaniy an’analarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, shahar hududlaridan samarali foydalanish, aholi punktlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida arxitektura va qurilish sohasi faxriylarining ijtimoiy hayotini qo‘llab-quvvatlash, ularni sohada mavjud dolzarb masalalarni hal etish jarayonlariga faol jalb qilish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.


